Pensiya jamg‘armasi: Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar berish 5 yanvardan boshlanadi
- 29.12.2021 12:06
- 98
- Iqtisodiyot
Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qaroriga muvofiq, pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.
2022 yilning 1-4 yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Xalqimiz o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki quyidagini ma’lum qiladi:
- yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa