Bolalar nafaqasi va moddiy yordam qay tartibda tayinlanadi?
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toyloq tumani bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari tashabbus bilan chiqdi.
Gap shundaki, tumandagi barcha mahallalarda sayyor qabul o‘tkazilgan. Ularda asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam yuzasidan ko‘plab murojaatlar tushgan. Shuni inobatga olib, bo‘lim tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali bu murojaatlarni kamaytirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 martdagi 122-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta’minlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom mazmun-mohiyati haqida tarqatma material (buklet) tayyorlandi.
Ayni kunlarda ushbu buklet odamlar gavjum joylar hamda mahallalarga tarqatilib, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.