Pensiya va nafaqaga kompensatsiya qo‘shildi

2019 yilning oktyabr oyida 22 300 so‘m miqdorida kompensatsiya pulini olgan 1,0 millionga yaqin aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo‘shimcha 27 700 so‘m miqdorida, jami 54 milliard so‘mdan ortiq un va qolipli non mahsulotlari uchun kompensatsiya puli Xalq banki filiallari tomonidan to‘lanmoqda.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 866-son qaroriga binoan amalga oshirildi.

Pensiya va nafaqa mablag‘lari 22 300 so‘mdan 50 000 so‘mgacha oshirildi.

Kompensatsiyani quyidagi shaxslar oladi:

- yoshga doir nafaqasini oluvchilar;

- nogironlik nafaqasini oluvchilar;

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar (har bir boqimandaga);

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar (har bir boqimandaga);

- nogironligi bo‘lgan 16 yoshgacha (18 yoshgacha OIVni yuqtirgan shaxslarga) nafaqa oluvchilar;

- bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa oluvchilar;

- eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchilarga (436 150 so‘m va undan kam).

Xalq banki bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning oktyabr oyida 22 300 so‘m miqdorida kompensatsiya pulini olganlarga, oktyabr oy yakuniga qadar qo‘shimcha 27 700 so‘m miqdorida kompensatsiya puli to‘lanadi.

Eng kam yoshga doir pensiya miqdorida (436 150 so‘m) pensiya oluvchilarga 2019 yil oktyabr oyi uchun kompensatsiya puli noyabr oyida, noyabr oyi kompensatsiya puli bilan birga ko‘shib (ikki oy uchun) to‘lanadi.