Pensiya va nafaqalarni to‘lash tender asosida amalga oshiriladi

Qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar (pensiya va nafaqalar)ni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda pensiya va nafaqalarni naqd pulda mahalla fuqarolar yig‘inlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi.