Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Piyoda yoki velosipedda yurish sog‘liq uchun foyda

Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi “22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kuni” munosabati bilan Samarqand shahrida ommaviy tadbirlar o‘tkazdi.

Xususan, shaharning Chorsu galereyasi oldidan start olgan velosayohat Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab davom etdi. Tashkilot rahbarlari, havaskorlar va velopoygachilar velosipedlarda sayr qilayotganini ko‘rgan piyodalar ham ularga hamrohlik qilishdi. Tadbir davomida velosportchilar ishtirokida “Master klass” tashkil etildi.

Shuningdek, barcha shahar va tuman markazlarida hokimlaklar, korxona va tashkilot rahbarlari boshchiligida ommaviy yurish marafoni, velosipedda haraktlanish, ertalabki badantarbiya kabi ommaviy sport tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati.