Piyoda yurish infarkt va insult xavfini ikki baravar kamaytiradi

Mutaxassislar fikricha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim xavfini 28 foiz, yurak kasalliklariga chalinish ehtimolini 20 foizga kamaytiradi.
Piyoda yurish orqali organizm sezilarli darajada kaloriya yo‘qotadi. Masalan, 70 kg. vaznli kishi yugurish vaqtida soatiga taxminan 500-600 kkal., piyoda yurish davomida 250 kkal. sarflaydi.
Natijada ortiqcha energiya sarflanib, gormonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minoti yaxshilanadi. Umurtqa pog‘onalari to‘qimalari kislorod bilan to‘yinadi. Asab tolalari mustahkamlanib, infarkt va insult kabi og‘ir kasalliklar xavfi ikki baravar kamayadi.
Yurganda har daqiqada 5 kkal. yo‘qotiladi. Og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, energiya shuncha ko‘p sarflanadi. Misol uchun, 1,5 kilometr yurganda:
- 72 kg. vaznli inson — 105 kkal.,
- 100 kg. vaznli kishi — 135 kkal. yo‘qotadi.
Piyoda yurish orqali organizmdagi barcha ortiqcha tuzlar va toksinlar chiqib ketadi. Natijada tana tozalanib, inson yengil harakatlanadi, sog‘ligi yaxshilanadi va umri uzayadi.