Piyodalar yo‘lagi ob’yekt joylashgan yer, hudud maydoni, relefiga asosan quriladi, ta’mirlanadi
Joriy yilning 30 aprel kuni Zarnews.uz telegram kanalida Samarqand shahridagi Husayn Boyqaro va Navoiy shoh ko‘chasining Chuqur yo‘l ko‘chasidan boshlanadigan qismida piyodalar yo‘laklaridagi daraxtlar ostigacha betonlanayotgani haqida tanqidiy xabar berilgan edi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, bugungi kunlarda Husayn Boyqaro, Navoiy shoh va Chuqur yo‘l ko‘chalarining piyodalar yo‘laklarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash jarayonida muhandislik yechimi hamda ommaviy foydalanish ob’yektlariga olib boradigan piyodalar yo‘laklari enli bo‘lishi zarurligi jihatidan Chuqur yo‘l ko‘chasida ikki holatda daraxtlarning atrofini betonlash holati kuzatilgan. Bunda piyodalar yo‘laklari ta’mirlash ishlarining turlari va hajmlari, asosan ob’yektning joylashgan yeriga, hudud maydoniga, relefiga, shuningdek, chiqindi va qurilish chiqindilari bor-yo‘qligiga qarab belgilangan.
Shohruz NURULLAYEV,
Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi.