Polsha Rossiya bilan urush xavfiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Butun mamlakat bo‘ylab Rossiya bilan urush tahdidi fonida bombadan himoyalanish inshootlari tekshirilmoqda, deb xabar berdi RMF 24.

Mahalliy hukumatlarga mavjud panohgohlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, yangi himoya inshootlarini qurish, shuningdek, axborot va aloqa tizimlarini rivojlantirish uchun 5 milliard zlotiy ajratildi.

Hozirgi Polsha – Rossiya munosabatlari tarixiy ziddiyatlar, xavfsizlik siyosati va Ukrainadagi urush bilan bog‘liq holda keskin va murakkab ko‘rinishga ega.

Bundan tashqari yaqinda 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning 19 ta droni Polsha chegarasini buzib o‘tdi. Polsha NATO kuchlari bilan birgalikda xavf solgan dronlarni urib tushirdi. NATO samolyotlari jalb etildi, ayrim aeroportlar vaqtincha yopildi. Mojarodan keyin Polsha NATOning maslahat yig‘ilishini chaqirdi, bu mamlakatlarga xavfsizlikka tahdid yuzasidan muhokama qilish imkonini beradi. Xullas Polsha buni maqsadli provokatsiya deb baholadi.

Rasmiy Moskva Rossiya dronlari Polsha hududiga qasddan kirdi degan ayblovlarni rad etadi.