Pora bilan qo‘lga tushgan shaxs “SES” xodimi emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimi Sh.B. firibgarlik yo‘li bilan pora olib, qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Pirmuhammad Mahmudov munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Sh..B ismli xodim u boshqarib kelgan tashkilotda ishlamaydi va ushbu shaxs Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi filiali xodimidir.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.