Prezident blogerlar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi

- Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni yetkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin, - dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizdagi islohotlarni, madaniyatimiz, tarixiy obidalarimizni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o‘rni katta ekanini ta’kidladi.

- Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O‘zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta’minlash. Bunga sizlar ham hissa qo‘shasizlar deb ishonaman, - dedi Prezident. 

- Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqot so‘ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.