Prezident farmoni bilan ID-kartani berish tartibi tasdiqlanadi
- 12.05.2020 13:13
- 456
- O‘zbekiston
ID-karta O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tug‘ilganidan boshlab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 18 yoshdan ID-kartaga ega bo‘lishlari shart.
ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
• tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – ikki yil muddatga;
• bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
• 16 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yil muddatga.
Fuqaro 14 yoshdan boshlab ID-karta rasmiylashtirishda barmoq izlarini topshirishi shart.
Fuqaro doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (MvaFRB) ID-kartani olish uchun 18 yoshga to‘lgandan so‘ng bir oydan kechikmasdan murojaat etishi lozim.
Teglar:
ID-karta
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!