Prezident issiqxonalarning gazdan uzilish holatini zudlik bilan ko‘rib chiqishni buyurdi
- 28.10.2022 09:23
- 100
- O‘zbekiston

Issiqxonalarni gaz ta’minotidan uzish holati bo‘yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan mazkur masalani ko‘rib chiqish uchun Administratsiya rahbari Sardor Umurzakovga tegishli topshiriq berdi.
Administratsiya rahbari boshchiligida o‘tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta’minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo‘yicha juda ko‘p e’tirozlar bildirilayotgani, xususan 25 oktyabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plangani bo‘yicha tegishli mas’ullar qattiq tanqid ostiga olindi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlarining ushbu masala bilan umuman shug‘ullanmagani uchun, tadbirkorlarning muammolariga yechim topmagani uchun ular Prezident Administratsiyasiga kelishmoqda, dedi S.Umurzakov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qiyinchilikdan quroqchilik qutqardi
- 16 daqiqa avval
- Samarqand
Samarqandda 6 oyda 42 ta bolalar bog‘chasi ishga tushdi
- 22 daqiqa avval
- Samarqand
Erkaklar orasida o‘z joniga qasd qilish to‘rt baravar ko‘proq
- 33 daqiqa avval
- Jamiyat
Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton
- 2 soat avval
- Jamiyat