Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida donishmand xalqimiz 9 iyul kuni juda katta siyosiy tadbirni yuqori saviyada, yorug‘ yuz bilan o‘tkazganini qayd etdi.
“Barchamiz uchun Vatan va xalq manfaatlari muqaddas va eng ustuvor maqsaddir. Saylov jarayonida hammamiz uchun mushtarak bo‘lgan ana shunday ulug‘ g‘oyalarni yetakchi o‘ringa qo‘ygan barcha nomzodlarga o‘z tashakkurlarimni aytaman”, - dedi Prezident.
Prezident saylovda faol ishtirok etgan, o‘zining xohish-irodasi, yuksak siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yaqqol namoyon etgan, keng ko‘lamli demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha vatandoshlarimizga, butun xalqimizga samimiy hurmat-ehtiromini izhor etdi.
“Bor bilim va tajribamni, kuch-g‘ayratimni mehnatkash, mard va olijanob xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun safarbar etishga, bu yo‘lda, kerak bo‘lsa, jonimni ham fido qilishga tayyorman”, - dedi Prezident.