“Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga chiqdi

Viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun keltirilgan “Prezident sovg‘asi” ortilgan avtomashinalar karvoni bugun tuman va shaharlarga yo‘l oldi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda viloyada 1272 ta umumta’lim maktabi, 46 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’lim muassasalari 2025/2026 o‘quv yilida 1-sinfga 91 ming 740 nafar o‘quvchini qabul qilishi ko‘zda tutilgan. Shu paytgacha 84 ming nafarga yaqin bola adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, maktablarning boshlang‘ich sinflariga qabul qilingan.
1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” o‘quv sumkasi va uning ichiga joylangan 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat.