Prezident tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 19 avgustda «Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida» Farmoyish qabul qildi.

Unga ko‘ra, iqtisodiyotimizning ravnaq topishi va yurtimiz barqaror rivojlanishi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, byudjet barqarorligini ta’minlash hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirildi.

Bunday tadbirkorlar orasida Samarqanddan quyidagilar bor:

“Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor” sifatida

TURSUNOV Abdurashid Amriyevich - Urgut tumanidagi “Sam-negin” MChJ rahbari

QO‘ZIYeV Burxon Murodovich - Paxtachi tumanidagi “Paxtachi klaster” MChJ rahbari

SAIDJONOV Munis Azizovich - Samarqand shahridagi “Samarkand-England eco-medical” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari

“Eng yaxshi soliq to‘lovchi” sifatida

JO‘RAYeV Faxriddin Umarqulovich - Jomboy tumanidagi “Jomboy yashil chiroqlari” MChJ rahbari

MUSINOV Baxtiyor Muxammadjonovich - Jomboy tumanidagi “Baxt” xususiy korxonasi rahbari

ABDULLAYeV Kamol Tal’atovich - Samarqand shahridagi “SAM ANTEP GILAM” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi rahbari

“Eng yaxshi eksportyor” sifatida

YuSUPOV Nosir Fotihovich - Bulung‘ur tumanidagi “Bulungur-sandvik agrofirma” MChJ qo‘shma korxonasi rahbari

FATTOYeV Abdurashid Mo‘minovich -  Samarqand shahridagi “Zarafshon tekstil” MChJ rahbari

SAMARIN Denis Pavlovich - Samarqand shahridagi “Sam fruit” AJ qo‘shma korxonasi rahbari.