Prezident "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishidagi tez yurar avtomobil yo‘llarini qurish qoniqarsiz ekanini ta’kidladi

Transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, transport vaziri I.Mahkamovga:

- aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;

- "Toshkent-Samarqand" va "Toshkent-Andijon" yo‘nalishidagi tez yurar avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;

- hududlar o‘rtasida avia, temir yo‘l va avtotransport qatnovlarini ko‘paytirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.

Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:

- 1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash;

- 1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga ko‘paytirish topshirildi.

Temir yo‘l tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Avtomobil yo‘llari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablag‘lar nazorati bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.