Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas?
Kartoshka – agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, po‘chog‘i qorayadi va yaxshi ko‘rinishini yo‘qotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin bo‘lib, foydali moddalar yo‘q bo‘lib ketadi. Kartoshkani qorong‘i hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.
Piyoz – doimiy ravishda toza havo bilan ta’minlanishi kerak — uni to‘rli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular o‘rtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning to‘liq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.
Sarimsoqpiyoz – tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoqpiyoz erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birga saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoqpiyoz tufayli ta’mi o‘zgaradi.
Pomidor – muzlatkichda saqlash uchun qo‘yilganda bu mahsulot tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, ularni xona haroratida qorong‘i joyda saqlash yaxshi, deya xabar beradi Qishloq xo‘jalik vazirligi.