Prezidentlar nima yeydi?
Dunyoning eng mashhur va nufuzli siyosatchilari oshpazlar assotsiatsiyasi asoschisi Jil Bragard shunday deydi: "Siyosat odamlarni ajratadi, lekin ovqat bizni birlashtiradi". Ushbu maqolada dunyoning eng mashhur siyosatchilari qaysi taomlarni ma’qul ko‘rishi haqida gapirib bermoqchimiz.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp
Ilgarilari Tramp tez tayyorlanadigan taomlarni yaxshi ko‘rgan, nonushtani o‘tkazib yuborib, kechki ovqatni to‘liq iste’mol qilgan. Yaqinda shifokor sobiq prezidentga parhez saqlab, qaysi taomni qachon yeyish va o‘z ovqatlanish tartibini qayta ko‘rib chiqishni maslahat berdi. Shifokor maslahatiga ko‘ra, Tramp fastfudlarni sabzavot va mevalarga almashtirgan. Shuningdek, u go‘sht o‘rniga baliq iste’mol qila boshlagan.
Sobiq prezidentga belgilangan parhez yoqib tushgan ko‘rinadi: ba’zi istisnolarni aytmasa, u parhezga zavq bilan rioya qiladi. Istisnolardan biri shuki Donald Trampning sevimli taomlari orasida birinchi o‘rinda hali ham go‘shtli rulet turadi.
Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Lukashenkoning sevimli taomi har qanday shakldagi kartoshka bo‘lib, u ayniqsa kartoshkali dranik (quymoqsimon non)larni yaxshi ko‘radi. Kartoshkani juda yaxshi ko‘rishiga qaramay, undagi kaloriya miqdori yuqori bo‘lganligi sababli prezident uni atigi haftada bir marta iste’mol qiladi.
Belarus rahbari shirinliklarni ham yaxshi ko‘radi, lekin prezident nafaqat shirinliklar, balki xamirli ovqatlardan ham o‘zini juda cheklaydi. Baliq va sabzavotlar prezidentning ratsionida doimo mavjud. Ichimliklar orasida Lukashenko choy ichishni ma’qul ko‘radi.
Germaniya sobiq federal kansleri Angela Merkel
Angela spagetti boloneze (go‘shtli makaronga o‘xshagan italiyacha taom), shuningdek, tovuqli sho‘rvani yaxshi ko‘radi. Ilgari, mashhur nemis ayol cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilgan, ammo endi u o‘z parheziga jiddiy yondashadi. Shu tarzda sobiq federal kanslerning ratsionida kolbasa va sendvichlar o‘rniga sabzavotlar va turli xil mevalar paydo bo‘ldi.
Angela Merkel ovqat pishirishni juda yaxshi ko‘radi: u piroglar pishiradi va sho‘rvalar tayyorlaydi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo
Kanada bosh vaziri Osiyo taomlarini afzal ko‘radi va pivo ichishni yaxshi ko‘radi. Lekin talabalik yillarida Tryudo tunda o‘qib o‘tirganida litrlab ichgan qahvani hozir umuman yoqtirmaydi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron
Makron menyusining asosiy qismini asosan baliq va sabzavotlar, shuningdek, har qanday mevalar kiradigan fransuz taomlari tashkil qiladi. U bu mahsulotlarni ishonchli, chunki ular mahalliy fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqariladi, deb tushuntiradi.
Prezident mashhur fransuz bagetiga sayyoramizning barcha aholisi havas qiladi, deb hisoblaydi. Tez tayyorlanadigan fast-fud ham Emmanuel Makronning hayoti va ratsionida katta o‘rin egallaydi. Lekin u bunday mahsulotlardan kamroq iste’mol qilishga harakat qilib, oshpaziga faqat sog‘lom taomlar tayyorlashni buyuradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti nonushtaga o‘zi juda yaxshi ko‘radigan murabbo qo‘shilgan choy ichadi. Putin ovsyanka (suli)dan tashqari deyarli barcha an’anaviy bo‘tqalarni yeydi.
Davlat rahbarining ta’idlashicha, taomga kelganda u juda oddiy, baliqni ko‘p iste’mol qiladi, sabzavotlarni yaxshi ko‘radi, muzqaymoqdan bosh torta olmaydi. Lekin konfetlar prezident uchun muhim ahamiyatga ega emas.
Boshqa mamlakatlarga tashrif buyurganida Rossiya prezidenti albatta milliy taomlarni tatib ko‘radi.
Buyuk Britaniya sobiq qirolichasi
Buyuk Britaniya 2022 yilda 94 yoshida vafot etgan qirolichasi Yelizaveta II esa qanday taom yesa ham juda kichik porsiyada tanovul qilgan. Yelizaveta amal qiladigan mazkur odatning samarali ekani parhez tutadiganlarga yaxshi ma’lum. Kam porsiya iste’mol qilish, kaloriyani 25% kamaytiradi va yog‘larning erishiga yordam beradi.
Shuningdek, qirolicha shokoladli biskvitni juda ham yaxshi ko‘rgan. Tongni shokolad yoki muzqaymoq bilan qarshi olgan. Qulupnayni ham qirolicha ko‘pincha rad etmagan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.