Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP S’yezdida o‘zining saylovoldi dasturidagi beshta strategik maqsadni aytib o‘tdi

Jumladan, birinchisi — har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.
➖ Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.
➖ Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi.
➖ Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.
➖ Xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.
➖ Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.
➖ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan to‘liq ta’minlanadi.
➖ Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.
➖ Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi (https://t.me/xushnudbek/19620).