Probatsiya hisobida turgan shaxslarning qanday muammolari bor?

Joriy yilning ayni kunlari holatida Samarqand shahar probatsiya nazoratidagi shaxslar 1329 nafar bo‘lib, ulardan 158 nafariga moddiy yordamlar berilgan. 850 nafari ish bilan ta’minlangan va ularning ijtimoiy ahvoli yaxshilangan.

Prezidentimizning "2025 yil respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan "Yo‘l xarita"si tasdiqlangan. Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari "Yo‘l xarita"sining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Samarqand shahar prokurori yordamchisi X.Tohirov ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi, muddat talab qiluvchi masalalarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.