Profilaktika inspektori uyining balkoniga osilib qolgan bolani saqlab qoldi

2020 yil 2 mart kuni soat 02:00 larda profilaktika inspektori, leytenant Abbos Ro‘ziqulov va profilaktika katta inspektori, katta leytenant Adham Pirnazarovlar tungi navbatchilik vaqtida yosh bolaning yordam so‘rab baqirganligini eshitishadi va ovoz kelayotgan tomonga qarab yugurishadi.

U yerga yetib borishganida, 4-5 yoshlar atrofidagi bola Jasorat ko‘chasi, 23-uyning 4-qavati balkonidan osilib turgandi. Shundan so‘ng profilaktika inspektori Abbos Ro‘ziqulov Adxam Pirnazarov va inspektor yordamchisi Jo‘rabek Barakayevlarning yordamiga tayanib, 4-qavatga ko‘tariladi hamda 2014 yilda tug‘ilgan R.K.ni qutqarib qoladi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Arzimagandek ko‘ringan mazkur holat aslida mudhish yakun topishi ham mumkin edi. Ammo tashkil etilgan tungi navbatchilik hamda profilaktika inspektorining jonbozligi tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.