IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Joriy yilning 24 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB navbatchilik qismiga Nurobod tumani Ulus qishlog‘ida yashovchi Q.Umarov qo‘ng‘iroq qilib, tovlamachilik, ta’magirlik sodir qilinayotganligini bayon qilgan.
Murojaatdagi holatga aniqlik kiritish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar IIB profilaktika inspektori, mayor F.Turdiniyazov fuqaroning oldiga borib, u bilan suhbatlashganida, fuqaro noto‘g‘ri xabar berganligi aniqlanib, mazkur holatni rasmiylashtirish uchun shahar IIBga taklif qilingan.
Q.Umarov IIB binosiga borishdan bosh tortib, xodimga qarshilik ko‘rsatgan va video tasvirga olishni boshlagan. Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 195-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Profilaktika inspektorining bosh kiyimsiz, tibbiy himoya niqobisiz bo‘lganligi yuzasidan viloyat IIB ma’sul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.