Endi Jomboyda janjalni bostirmoqchi bo‘lgan profilaktika inspektori kaltaklandi
2020 yil 4 iyun kuni Jomboy tumani Qo‘lbosti mahalla markazi yonida, Jomboy shahri A.Qurbonov mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Yu.N. (ayol) mast holda bo‘lgan ukasi - mazkur tumanning Sherqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Yu.S. bilan janjallashayotgan vaqtida, shu yerdan o‘tib ketayotgan Jomboy tumani IIB hududiy profilaktika inspektori I.A. ularning yoniga kelib, karantin vaqtida uyda o‘tirish lozimligini, ko‘chada mast holda, tibbiy niqobsiz yurish mumkin emasligini tushuntirgan. Inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan Yu.S. qarshilik ko‘rsatib, haqoratlab, inspektorni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 8 iyundagi 190-sonli xulosasida I.A.ning tanasida aniqlangan jarohatlar “yengil tan jarohatlari” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Jomboy tumani prokuraturasi tomonidan Yu.S.ga nisbatan O‘z.R. JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati.