Qo‘shrabotda profilaktika inspektoriga pora berishga uringan shaxs qo‘lga olindi
27 mart kuni soat 01:00 lar atrofida Qo‘shrabot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari inspektori “Sohibkor” mahallasi hududida shubhali tarzda harakatlanib kelayotgan “Tiko” rusumli avtomashinaga “to‘xtash ishorasi”ni berganida, avtomashina xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, kochib ketgan.
Inspektor avtomashinani ortidan borgach, haydovchi avtomashinasini to‘xtatib, qochib ketgan. Haydovchini ta’qib qilib, ushlab, shaxsiga aniqlik kiritilganida u Qo‘shrabot tumani “Boypo‘shli” mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan N.A. ekanligi aniqlangan.
Fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilganlikda gumon qilinib, tuman tibbiyot birlashmasining narkolog ko‘rigidan o‘tkazilganida 0,549 mg. miqdorida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borish davomida ushbu fuqaro sodir etgan ma’muriy huquqbuzarlik holatini qonuniy rasmiylashtirmaslik va belgilangan jarimani qo‘llamaslik uchun profilaktika inspektoriga 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berishga uringan.
Unga qilayotgan harakatlari noqonuniy ekanligi, pora berish, olish, jinoyat ekanligi tushuntirilishiga qaramasdan, 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berishga uringan.
Profilaktika inspektori holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgi asosida, O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi va Qo‘shrabot tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, A.N. profilaktika inspektoriga 1 million so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.