Putin G‘arb uning shartlarini qabul qilmaguncha urushni davom ettiradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay, G‘arb uning tinchlik shartlariga rozi bo‘lmaguncha urushni davom ettirish niyatida, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Kremlga yaqin manbalarga tayanib.

Putinning hududiy talablari Rossiya qo‘shinlari oldinga siljishi bilan kengayishi mumkin.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti va armiyasi G‘arbning har qanday qo‘shimcha choralariga dosh bera oladigan darajada kuchli, deb hisoblaydi Putin va mamlakat keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar, jumladan, Rossiya nefti xaridorlariga AQSh bojlari tahdididan omon qolishi mumkinligiga ishonchi komil.

“Putinning fikricha, hech kim u bilan Ukrainadagi tinchlik tafsilotlarini, jumladan, amerikaliklar bilan jiddiy muhokama qilmagan, shuning uchun u o‘z yo‘lida davom etadi”, — deydi Reuters manbalari.

Bir kun oldin Tramp Rossiyaga nisbatan va’da qilgan bayonoti bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 50 kun ichida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik import bojlari joriy qiladi. Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishib olganini, uning xarajatlari Yevropaga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

"Kreml Trampning Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqidagi bayonotini “juda jiddiy” deb hisoblaydi", dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va Putinning o‘zi bunga nisbatan izoh bermaganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vashingtonda ham, NATO mamlakatlarida ham, qolaversa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bryusselda qabul qilingan “bunday qaror” Ukraina tomonidan “tinchlik uchun emas, balki urushni davom ettirish signali” sifatida qabul qilinmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundini o‘tkazish vaqti bo‘yicha Kiyev takliflarini kutmoqda.

Hujumlar yangi tus olgan. O‘tgan kechada Rossiya Ukrainaning Xarkov, Krivoy Rog va boshqa shaharlariga urush boshlanganidan beri eng yirik hujumini amalga oshirdi. Ukraina yo‘lga tushgan Tramp va’da qilgan Patriot bilan zarba berishga tayyor.