Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik tezlashishi mumkin. Suriyadagi masjidda otishma. "Oltin qo‘lli" donor-odam vafot etdi

🔹 Rossiya va AQShning navbatdagi uchrashuvi Fors ko‘rfazida bo‘lib o‘tishi mumkin. Muzokaralarning navbatdagi bosqichiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasidagi ilk uchrashuv 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgandi. Keyinroq ikki davlat delegatsiyalari Istanbulda uchrashdi, biroq muzokaralar tafsilot va ishtirokchilar tarkibi oshkor etilmadi.
🔹 Turkiya Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) qurolini tashlamasa, Turkiya harbiy amaliyot boshlashini ma’lum qildi.
🔹 Yaponiyaning Ivate prefekturasi shimolidagi Ofunato o‘rmonini so‘nggi 30 yildagi eng yirik yong‘in qamragan.
🔹 AQShda "Oskar-2025" mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Shon Beykerning “Anora” qora komediyasi “Eng yaxshi film” va bundan tashqari oltita nominatsiya bo‘yicha beshta haykalchani qo‘lga kiritdi. Bosh rol ijrochisi Mayki Medison “Eng yaxshi aktrisa” deb topildi.
🔹 Suriyaning Xama viloyatida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan. Qurollangan shaxs mototsiklda mahalliy masjid yonidan o‘tayotganda o‘t ochgan. Jinoyatchi qidirilmoqda.
🔹 Donald Trampning ayrim maslahatchilari kelajakdagi tinchlik bitimiga Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidan ketishi haqidagi bandni kiritishni talab qilmoqda. Bu borada AQSh prezidenti jamoasiga qaraganda "qattiq qarashlarga ega". "Meni lavozimdan chetlatish qiyin, Ukrainadagi bo‘lajak saylovlarda ishtirok etishimga to‘sqinlik kabi", deydi Zelenskiy. Bugun esa Oq uy Zelenskiy Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni rad etganini ma’lum qildi.
🔹 Shu kunlari Shanxay 1873 yildan buyon eng yuqori harorat qayd etdi. Havo harorati 28°C gacha ko‘tarilgan, ba’zi hududlarda 29°C dan oshgan.
🔹 AQSh yangilangan B61-12 yadroviy bombasini to‘liq miqyosda ishlab chiqarishni yakunladi va yadroviy to‘xtatib turish dasturida muhim bosqichga erishdi.
🔹 Kongressmen Brandon Gill 100 dollarlik banknotda Benjamin Franklinni Tramp bilan almashtirishni taklif qildi. Bu birinchi bunday g‘oya emas: yaqinda ular Trampni yangi 250 dollarlik banknotga "jo‘natmoqchi" edi.
🔹 Ikki milliondan ortiq bolaning omon qolishiga yordam bergan donor Jeyms Xarrison Avstraliyada vafot etdi. Uning qonidan chaqaloqlar o‘limining oldini oluvchi anti-rezus immunoglobulin ishlab chiqarilgan. Xarrison 2018 yilda, 81 yoshida oxirgi marta qon topshirgan. Jeyms Xarrison Avstraliya ordeni bilan taqdirlandi, so‘ngra eng ko‘p qon topshirgan shaxs sifatida "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kirdi.
G.Xoldorova tayyorladi.