Pxenyan yana raketa uchirdi

Yaponiya Mudofaa vazirligi shanba kuni Shimoliy Koreya o‘z sharqiy suvlari tomon ikkita ballistik raketa uchirgani, bu joriy haftada Pxenyan tomonidan to‘rtinchi uchirish ekanini ma’lum qildi.

Yaponiya mudofaa vazirligi o‘rinbosari Tosiro Inoning aytishicha, raketalar kunchiqar mamlakatning iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.

“Joriy yil boshidan buyon Shimoliy Koreya buni misli ko‘rilmagan tez-tez, yangi usullar bilan takror-takror amalga oshirdi”, dedi Ino. Bu nafaqat Yaponiya, balki mintaqa, xalqaro hamjamiyat tinchligi hamda xavfsizligiga tahdid soladi va buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi", dedi Ino.

Pxenyan o‘tgan yakshanba kuni Shimoliy Koreya tomondan kuchayib borayotgan yadro tahdidiga javoban AQSh aviatashuvchi kemasi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Janubiy Koreyaga yetib kelganida, o‘zining sharqiy dengizlari tomon qisqa masofali ballistik raketa uchirgan edi. Yangi uchirish AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning Janubiy Koreyaga tashrifi va Pxenyanning qurol-yarog‘ ishlab chiqilishiga qarshi turish maqsadida Seul, Vashington va Tokioning juma kungi suv osti kemalari qo‘shma mashqlari ortidan amalga oshirilgani aytilmoqda.