Qahramon Quronboyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylandi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich saylandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Inog‘omov Jovdatxon Sultanovich saylandi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich saylandi.
U bundan avval O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.