Qamalmagan, lekin jazo tayinlangan shaxslar doimiy nazoratda
Sud-huquq tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida jinoiy jazolar yengillashtirilib, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlari ham qo‘llanilmoqda. Bu albatta, bilib-bilmay xato qilgan shaxslarga o‘z xatosini to‘g‘ri anglab, sog‘lom turmush tarziga qaytishlari, asosiysi oilasi bag‘rida bo‘lishlariga imkon beradi.
Probatsiya xizmati ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda jazo muqarrarligini ta’minlash barobarida nazoratga olingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish choralarini ko‘rmoqda.
“Saxovat va ko‘mak” umumhalq harakati doirasida amalga oshirilgan tadbirda 204 nafar probatsiya hisobida turgan, nazoratdagi shaxslar Ichki ishlar organlarining e’tiboridan chetda qolmayapti. Xususan, hisobda turgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari va shu bilan birgalikda dizenfeksiyalovchi vositalar, niqoblar ham tarqatildi. O‘tkazilgan suhbatlarda muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralarini ko‘rilmoqda.
Umuman, joriy yilning 6 oyi davomida ijtimoiy moslashtirish orqali belgilangan jazoni o‘tashga halol munosabatda bo‘lgan 260 nafar nazoratdagi shaxslar o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Afsuski, berilgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanmasdan, tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan shaxslar ham yo‘q emas. Ana shunday nazoratdagi shaxslarning 44 nafarining o‘talmay qolgan jazosi turi og‘irrog‘iga, xususan 27 nafariniki ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
Samarqand shahar IIO FMB Probatsiya bo‘linmasi.