Qanday musiqani yoqtirishingizga qarab o‘zingiz haqingizda bilib oling
Rep va xip-xop
Snup Dog va Doktor Dre musiqalarini ko‘proq yoqtiruvchi insonlar ko‘proq ozodlikka moyil va o‘ziga katta baho berishadi.
Pop
Pop musiqasini eshitishga moyil kishilar mehnatsevar, o‘ziga ishonishadi. Bundan tashqari bunday insonlar odatda san’atkorlar, ammo olimlarning ta’kidlashicha biroz uyatchan bo‘lishadi.
Folklor
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, bunday turdagi insonlar hissiyotlarga to‘la bo‘lib, odatda xayollarida ko‘pincha tog‘lar, bepoyon dalalar namoyon bo‘ladi.
Klassika
Klassik musiqa ko‘ngliga xush bo‘lganlar, kiborli va hamma bilan ham til topa olmaydigan insonlar. Ammo o‘z haq-huquqini yaxshi biluvchi va o‘z o‘rnini boshqalarga ko‘rsata oluvchilardandir.
Jaz, blyuz
Bunday musiqa turlaridan birini yoqtiruvchilar odatda xohlagan davrani qizdira oladilar. Bashang kiyinishni yoqtiradilar va hayotdagi asosiy maqsadlari o‘zgalardan ajralib turishdir.