Sherali Jo‘rayev, Bobomurod Hamdamov, Abdurauf Olimovlarning ijod asarlaridan shartnomasiz foydalanish taqiqlanadi

2022 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev va xonanda Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi.

Taqiq O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.

Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha OAV, ijtimoiy tarmoqlar va turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarda joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar va tantanalarda foydalanishga taalluqli.

Eslatib o‘tamiz, mualliflik huquqi egalarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi.