Qarindoshlar o‘rtasida nikohning aksariyati bobo-buvilarning tashabbusi bilan tuzilgan

“Mahalla va oila” ilmiy-tadiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomada bu holat aniqlandi.

Unda qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardagi oilalarning hayoti qanday kechayotganini aniqlashga qaratilgan savollarga respondentlarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turganligini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotganligi bildirilgan.

Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning 58,1 foiz bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boshqa shaxslar tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.

So‘rov natijasida qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardagi oilalardagi vaziyat yanada oydinlashdi. Hozirda aynan ushbu mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.