Qarshida 13 nafar o‘smir zaharlandi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 19 dekabr kuni soat 06:50 da is gazidan zaharlangan jami 13 nafar o‘smir keltirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgan.
O‘smirlarning (hammasi o‘g‘il bola) eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Ularning 3 nafari og‘ir, 5 nafari o‘rta og‘ir holda shifoxonaga keltirilgan bo‘lsa, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.