Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki nafar bemor sog‘aydi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qo‘shildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.