Qaysi hududdagi DXMda biometrik pasportni ID kartaga, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish mumkin?
- Fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ya’ni biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin, - deydi Samarqand shahri davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Shirin Zariyayeva.
- Fuqaro markazga biometrik pasporti bilan borib, suratga tushadi, barmoq izlarini qo‘yadi va davlat bojini to‘laydi. Shundan so‘ng 30 daqiqa ichida ID kartani qo‘liga olishi mumkin. Bu xizmat hozircha faqat Samarqand shahridagi davlat xizmatlari markazida ko‘rsatilyapti.
Bundan tashqari, fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ham Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilsa bo‘ladi. Buning uchun u shaxsni tasdiqlovchi hujjati bilan borib, suratga tushadi, barmoq izlarini qo‘yadi va davlat bojini to‘laydi. Bu pasport esa 10 ish kunida tayyor bo‘ladi. Bu xizmat barcha tuman va shaharlardagi markazlarda ko‘rsatilyapti.
Shuningdek, bugungi kunda Samarqand shahri, Urgut va Past Darg‘om tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ham ko‘rsatilmoqda.
***
Ushbu videolavha va maqola Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.