Qaysi usullar tana haroratini tushirishda foyda bermaydi?

Quyidagi holatlar tana haroratini tushirishda foyda beradi, degan fikr bor. Ammo bu noto‘g‘ri. Xo‘sh, qaysi hollarda tana haroratini tushirish foydasiz?

14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga aspirin berish. Ushbu preparat jigar va miyaning shishishi bilan bog‘liq xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin (Reya sindromi).

Tanani sirka (uksus) yoki spirtli ichimliklar bilan artish. Ayniqsa, bola haqida gap ketganda, tanaga surtilgan spirtli ichimlik nafas yo‘llariga kiradi va bundan tashqari, u teriga singib ketadi. Natijada, spirtli ichimliklardan zaharlanishga olib keladi. Sirka (uksus) esa terini kuydiradi.

Shifokor bilan maslahatlashmasdan sovuq dush qabul qilish. Bunday usul orqali haroratning keskin pasaytirilishi angiospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa holatni yanada yomonlashtiradi.

Manba: «Sog‘lom hayot».