Qirg‘iziston IIV Atambayevning qarindoshi uyidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga ketadigan xarajatlar ro‘yxatini topdi

Qirg‘iziston IIV tomonidan sobiq prezident Almazbek Atambayev qarindoshlaridan birining uyida ismlar qayd etilgan aholi yashash joylari va telefon raqamlar qayd etilgan varaqlar, shuningdek umumiy 32 ming AQSh dollarlik va 318 ming AQSh dollarlik xarajatlar ro‘yxati aniqlangan. Bu haqida TASS xabar berdi.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar ommaviy tartibsizliklar qatnashchilarini moliyalashtirishga sarflangan, vazirlik bayonotida shunday deyilgan.

IIV xabariga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan pullar sobiq prezidentning o‘g‘lining qaynotasini uyida saqlangan. O‘sha yerning o‘zidan pul mablag‘lari oluvchilarining ro‘yxati ham topilgan, ayni vaqtda ular o‘rganilmoqda, keyinchalik ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi haqida vazirlik qo‘shimcha qilgan.   

Eslatib o‘tamiz, daxlsizligidan mahrum bo‘lgan Almazbek Atambayevni 8 avgust kuni hibsga olishdi. Uni bir qator jinoyatlar sodir etganlikda ayblashmoqda, ularning ichida qotillik, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, korrupsiya kabi jinoyatlar mavjud. Unga nisbatan 12 ta jinoiy ish quzg‘atilgan.