Qishloq xo‘jaligi sohasida zarur bilimga ega, zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?
Samarqand davlat universiteti huzuridagi GULOBOD AGROBIOTEXNOLOGIYa TEXNIKUMI sizga shunday imkoniyat beradi.
Texnikumga 2020-2021 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinadi:
TABLITsA
Texnikumda o‘quv jarayonlarini universitetning malakali professor- o‘qituvchilari olib borishadi va amaliyot bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan doimiy hamkorlik o‘rnatiladi.
Muassasada tayyorlanadigan malakali agromutaxassislar mintaqamizda meva-uzumchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, polizchilik va issiqxona xo‘jaligini yuritish hamda dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish sohalarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini amalda tadbiq etadilar.
Texnikumni a’lo baholar bilan tamomlagan izlanuvchan, bilimli va xorijiy tillarni mukammal egallagan o‘quvchilar Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetiga hamda boshqa oliy o‘quv yurtlarining mos ta’lim yo‘nalishlariga 2-bosqichdan imtihonsiz, suhbat asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu fakultetda o‘qish davomida talabalar xorijiy universitetlarda, jumladan Italiyaning Bolonya, AQShning Nevada, Turkiyaning Anqara, Rossiyaning Belgorod universitetlarida o‘qishni davom ettirish va yozgi amaliyotlarni o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Talabgorlar onlayn ariza topshirish platformasi (texnikum.edu.uz) orqali quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak.
- Elektron ariza;
- Umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat yoki o‘rta maxsus kasb-hunar muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron nusxasi);
- 3x4 sm. o‘lchamdagi fotosurat;
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 90-285-69-69, 93-221-69-69.
ShOShILING, IMKONIYaTNI QO‘LDAN BERMANG!
PORLOQ KELAJAGINGIZNI BIZ BILAN QURING!