Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025 yil 18 mayga qadar bo‘lgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bog‘bonlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda aytilishicha, ayni bugungi kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh ta’siri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bu chora odamlarni issiq o‘tishi, quyosh urishidan himoya qilish hamda mehnat sharoitini xavfsizlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan, ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘chirish so‘raldi.