Qo‘shrabotda yangi shaxta ishga tushdi

– Ob’yekt qurilishida O‘zbekistondan tashqari, Xitoy, Rossiya davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalardan foydalanildi, – deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov. – Chuqurligi 500 metr, aylanasi 6 metr bo‘lgan bu tik lahm shaxtasi 550 ming tonna hajmdagi toshni qayta ishlash imkonini beradi. Loyiha qiymati 22 million AQSh dollariga teng inshoot mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Marosimda mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh konchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Kon ishchilariga "Prezident sovg‘asi" – ikki dona "Tez tibbiy yordam" mashinasi topshirildi.

Viloyat san’at ustalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifa­sini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi.

Mamadiyor ZIYoDINOV.