Qo‘lda gilam to‘qiydiganlarga dastgoh sotib olishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’atini rivojlantirish va shu bilan bir qatorda, yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni sohaga jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tarbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra:
- 2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qo‘yi va “angar” zotli echkilarining juni uchun ikki ming so‘mdan subsidiyalar ajratish;
- Ikki oy muddatda “merinos” zotli qo‘y va “angar” zotli echkilar yetishtirish xo‘jaliklariga Samarqand viloyatida 2 ming gektar yaylov yer maydonlarini ajratish;
- 2020 yil 15 iyuldan boshlab “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Banlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi belgilangan.
Samarqand viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi matbuot xizmati.