Qo‘lga tushgan “advokat” shu yilning avgustida ishdan bo‘shatilgan ekan
Kecha, 13 dekabr kuni “Samarqandda yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi” sarlavhali xabar e’lon qilingandi.
Unda mahalliy fuqaroning uy masalasi bo‘yicha apellyasiya tartibida ko‘rilayotgan sud ishini o‘zining tanishlari orqali fuqaro foydasiga hal qilib berish evaziga undan 1200 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan firibgarning “Marokand Lawyers” advokatlik firmasi advokati sifatida faoliyat yuritib kelayotgani aytilgan.
Mazkur xabar yuzasidan Advokatlar palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tahririyatga murojaat qilib, R.A. joriy yil avgust oyida “Marokand Lawyers” advokatlik firmasidan ishdan bo‘shatilgani haqidagi hujjatlarni taqdim etdi. Ya’ni, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingani va mazkur maktab direktorining buyrug‘i R.A.ning 30 avgustda “Marokand Lawyers” advokatlik firmasidan ishdan bo‘shatilishiga asos bo‘lgan.