Qonunchilik palatasi deputati kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Aslonov  Samarqand tumanidagi Oqmasjid, Kulba, Navbahor mahallalarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bor fuqarolarning holidan xabar oldi.

Jumladan, xorijga ishga ketishga ko‘mak so‘ragan Oqmasjid mahallasida yashovchi Hasan Rahimovning oilaviy sharoiti o‘rganildi. Hasan Rahimov  hozir ishsiz emas. U hudduddagi somsaxonada ishlab, kuniga 100 ming so‘mga yaqin pul topadi. Bundan tashqari, qo‘shimcha daromad topishi uchun 6 sotix yeri bor.

Deputat Hasan Rahimovga xorijga bormasdan, shu yerda ham ishlab yaxshi daromad topish mumkinligini tushuntirdi. Tomorqadan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish bo‘yicha maslahatlar berib, kredit olishda ko‘maklashishini aytdi.

Kulba mahallasida yashovchi Ma’ruf Hotamov, Sohib Hotamov, Navbahor mahallalik Nigora Mustafoyeva, bolalikdan 1 guruh nogironi Qudratoy Abulxairovalarning ijtimoiy ahvoli ham o‘rganilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

- 4 xo‘jalik bitta xonadonda yashaymiz, - deydi -dedi Nigora Mustafoyeva. - Hozirgi sharoitda bolalar uchun ajratilgan nafaqa puli men uchun juda zarur. Shu bo‘yicha A.Aslanovga murojaat qildim. U mahalla bilan kelishuv asosida menga yordam berishini aytdi.

***

Shuningdek, deputat Payariq tumanining olis G‘allakor va Nakurt mahallalaridagi 35 hamda 50-umumta’lim maktablarida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid belgilangan vazifalarga to‘xtaldi.

Savol-javobga boy bo‘lgan uchrashuvda yoshlar tomonidan 15 dan ortiq murojaat va takliflar bildirildi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Baxtigul QARShIYeVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi matbuot xizmati kotibi.