Qonunchilikda emlanmagan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish belgilangan
O‘zbekiston qonunchiligida vaksina olmagan xodim bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda xalq bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha toifadagi soha vakillari 1 sentyabrga qadar vaksinaning 1- dozasi, 1 oktyabrga qadar 2-dozasi, o‘zbek-xitoy vaksinasi bo‘lsa, 1 noyabrga qadar 3-dozasi bilan to‘liq emlangan bo‘lishlari kerak.
Agar qaysidir korxona xodimi ko‘rsatilgan tartibda vaksina olmagan bo‘lsa, mehnat qonunchiligiga mos ravishda ushbu shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan. Shu tariqa tashkilot rahbari jamoa orasida kasallik tarqalishiga mas’ul hisoblanadi.