Qonunga xilof ravishda hukm qilingan yoki qamoqqa olingan shaxs oqlanganidan keyin o‘z ishiga tiklanishi lozim
- 02.04.2019 15:45
- 128
- Qonun va hujjatlar
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, ushlab turilgani tufayli ishdan ozod qilingan shaxs noqonuniy jazolangani isbotlanib ozod qilinganidan so‘ng, oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim.
Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanali xabar berayapti.
Agar, noqonuniy jazoga tortilgan shaxs ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilot tugatilgan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
Teglar:
qonunchilik