"Qoratepa-Samarqand" yo‘nalishida nega avtobus qatnamay qo‘ydi?
- 17.07.2023 16:20
- 357
- Samarqand
Urgut tumanining Qoratepa va Samarqand shahri oralig‘i 30 kilometrdan iborat. Atrofdagi qishloqlarni hisobga olsak, hududda 30 mingdan ziyod aholi yashaydi.
Shaharga qatnab ishlaydigan talaba, ishchi-xizmatchilar ko‘p. Shularni hisobga olib, o‘tgan yili "Qoratepa-Samarqand" yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Keyinchalik negadir bu yo‘nalish olib tashlandi.
Endi odamlar shaharga kirakash haydovchilar o‘rnatgan "qat’iy tartib" bo‘yicha kelib-ketishga majbur bo‘lmoqda.
Hozir yo‘lkira haqi 15 ming so‘m. Bir kunda bir kishining shaharga borib-kelishi 30 ming so‘m, bir haftada 210 ming so‘m, bir oyda 900 ming so‘m bo‘ladi. Havoning qor-yomg‘irli kunlarida yo‘lkira haqi yana oshib boraveradi. Shu bois, "Qoratepa-Samarqand" yo‘nalishi qayta tiklansa yaxshi bo‘lardi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yo‘l qoidasiga qat’iy amal qilasizmi?
- Bugun, 15:46
- Jamiyat