Qo‘shni davlatdan o‘qishini ko‘chirishga hujjat topshirganlarga nega buyruq chiqmayapti?
Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytarildi.
- Vazirlik vakillari pasport ko‘rsatishning o‘zi yetarli deyishgan edi, lekin OTM rahbarlari, dekanlar o‘qiyotgan davlatda OTMdan hujjatlaringizni olib kelsangizgina buyruq chiqadi, deyishyapti. Hozir pandemiya sharoitida hujjatlarni qanday olib kelamiz?
- Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi ko‘chirilishiga ruxsat etilgan fuqarolarning dars mashg‘ulotlariga ishtirok etish to‘g‘risida farmoyishlar rasmiylashtirilgan.
Ammo, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat etilgan fuqarolarning tegishli hujjatlari oliy ta’lim muassasasiga taqdim etilmaguncha talabalikka qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.