Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobus voqeasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi: avtobusda 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Nukus – Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganda halokatga uchragan avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Diplomatlar voqea joyiga yetib borgan.

Marhumlarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etilmoqda. Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.