Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qildi
- 25.09.2020 10:10
- 40
- Xorij
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro protokolga qo‘shildi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” nashri xabar berdi.
BMT shtab-kvartirasida Qozog‘istonning ushbu tashkilotdagi doimiy vakili Qayrat Umarov fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi fakultativ protokolini imzoladi.
O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi protokolga qo‘shilish to‘g‘risidagi qarorni bir muddat ilgari mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ma’lum qildi. U Qozog‘iston asosiy yashash huquqi va inson qadr-qimmatini amalga oshirish tarafdori ekanligini alohida ta’kidladi.
Qozog‘iston hukumatining o‘lim jazosini bekor qilish va protokolga qo‘shilish xohishi 2019 yilning dekabr oyida ma’lum qilingan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!