Qozog‘iston qo‘shni davlatlar bilan karantin cheklovlarini joriy etdi
- 04.04.2022 13:45
- 503
- Xorij
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida parritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilingan edi.
Biroq epidemiologik vaziyat tufayli Qozog‘iston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasiga muvofiq qo‘shni davlatda karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli xalqaro yo‘lovchi poyezdlari va avtobus qatnovlarini boshlash sanasi boshqa muddatga ko‘chirildi.
Ayni damda mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlari va muntazam avtobus qatnovlarini qayta tiklash yuzasidan Qozog‘iston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda.